17:03 / 15.09.2017
15 011

Xonanda Lola turmushga chiqib, Rossiyaga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi

Xonanda Lola turmushga chiqib, Rossiyaga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi
Xonanda Lola o‘zining Instagram’dagi sahifasida turmushga chiqqani va farzandlari bilan Rossiyada istiqomat qilayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

«Xayrli kun, azizlarim! Yangi uyga ko‘chib o‘tganimizdan so‘ng yoqimli kundalik tashvishlariga sho‘ng‘idik. Biz turmush o‘rtog‘im bilan mebel, idish-tovoq, turli aksessuarlar va boshqa mayda-chuydalarni birga xarid qilamiz. Va o‘ylashimcha, ayol kishi uchun o‘z ro‘zg‘ori bilan shug‘ullanishdan ortiq yoqimliroq holat bo‘lmasa kerak. Buning ustiga juftingiz bilan o‘tkazilgan bu lahzalar sizni yanada yaqinlashtiradi. Kecha biz mehmonlar uchun mo‘ljallangan yuvinish xonasi uchun birga parda tanladik», — deb yozadi Lola.

Lola avvalroq ham shaxsiy hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y berganiga ishora qilgan, biroq xonanda ushbu postida birinchi marta «turmush o‘rtog‘im» jumlasini qo‘llagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol bo‘lgan Lola muxlislariga murojaatlarida farzandlari ta’limni Rossiyada davom ettirayotgani va turmush o‘rtog‘i bilan ilk marta ota-onalar majlisiga borayotganini ham ma’lum qilgan edi:
«Yangi maktabdagi ilk ota-onalar majlisiga yo‘l oldik. Yangi shahar, yangi sinfdoshlar, o‘qituvchilar, boshqacha tartib va qoidalar. Bularning barchasi murakkab jarayon, biroq shu bilan birga qiziqarli hamda hayajonli. Ochig‘ini aytsam, farzandlarim uchun judayam xavotirlangandim. Biroq, ularni sinfdoshlari judayam iliq qarshi oldi. Farzandlarim yangi do‘stlar topishga ham ulgurdi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Lola turmushga chiqib, Rossiyaga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi