date

Munisa Rizaeva muxlislariga “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatish”ni tavsiya qildi

Munisa Rizaeva muxlislariga “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatish”ni tavsiya qildi

Xonanda Munisa Rizaeva internetda yana bir janjalga aralashib qoldi.
O‘tgan hafta uning Instagram’dagi sahifasi bahs-munozaralarga to‘lib-toshdi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonanda to‘y marosimlariga borish uchun gonorar narxini oshirgan. Ko‘pchilik muxlislar bu masala yuzasidan e’tirozlarini uning sahifasida qoldirgan.
“Sizga qarsak chalayotgan xalqning to‘yiga falon million so‘mga borishingiz to‘g‘rimi?” qabilidagi savollarga Rizaeva “Ko‘rpangizga qarab oyoq uzating” deb javob bergan.

“Sizlar qanaqa qilib pul topasizlar? Menga judayam qiziq? – deb yozdi o‘z sahifasida muxlislari bilan bahsga kirishgan xonanda. – Sizlarda imkoniyat bo‘lganda sizlar nafaqat 700 yoki 800 (dollar) so‘rardinglar, ancha ko‘proq so‘rardinglar, bunga umuman shubham yo‘q. Qancha ko‘p inson topadi, shuncha ko‘p rasxod bo‘ladi va ishtaha ochiladi”.

“Unda magnitofon oling va disk qo‘yib ashula eshiting!!! – maslahat berdi Rizaeva muxlislariga. – Ko‘rpangga qarab oyog‘ingni uzat deydi!!!”.
Bahslar nihoyasini topavermagach, xonanda o‘ziga yoqmagan izohlarni o‘chirib tashlashi, foydalanuvchilarni bloklashini aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizaeva muxlislariga “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatish”ni tavsiya qildi