
Turkiyalik mashhur xonanda Sardor O‘rtach O‘zbekistonda ham minglab muxlislar qalbidan joy olgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak u o‘zbek to‘ylarida ham bir necha marta ishtirok etishga ulgurgan.
Avvalroq, Sardor O‘rtachning 25–26 sentyabr kunlari Toshkent shahrida konsert taqdim etishi haqida xabar bergan edik. Ishonchli manbalarimizning ma’lum qilishicha, 25 sentyabrga o‘tar kechasi Sardor O‘rtach Toshkent shahriga yetib kelgan.
Xonanda bugun, 25 sentyabr va ertaga, 26 sentyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyini muxlislar olqishiga to‘ldirishi kutilmoqda.
Mazkur konsert dasturi davomida nafaqat turk xonandasining chiqishlarini tomosha qilish, balki o‘zbek san’atkorlari ishtirokidagi qo‘shiqlarni ham tinglash mumkin.
Jumladan, Sardor O‘rtach o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati primadonnasi Yulduz Usmonova bilan duet kuylashi rejalashtirilgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar