08:10 / 04.10.2017
11 882

Manzura: «Behayo bo‘la olmayman, aqlim kirdi!»

Manzura: «Behayo bo‘la olmayman, aqlim kirdi!»
Kuzgi fotosessiyani taqdim etgan xonanda Manzurani «instagram» saxifasida kuzatadiganlar allaqachon uning kiyinish uslubi o‘zgarganini sezib, izohlarda buni e’tirof etishmoqda deb ma’lum qildi sayyod.com.

Manzuraning o‘zi bu borada nima deydi?

— Muxlislaringiz sezgan va e’tirof etgan bir narsa: «Manzura yopiqroq kiyina boshlabdi».


— Aql kiripti-da 40 yoshimda. Shunda ham aql kirmaganida yomon bo‘lardi. Bilasizmi, bu yoshimda xam shahvat diqqatida bo‘la olmayman. Yoshga monand ulg‘ayish kerak va senga farzanddek keladigan yoshlar ko‘zida shu yoshdayam uyatsiz ko‘rinib turish yaxshimas. Behayo bo‘la olmayman, aqlim kirdi! Bundan noqulaylik sezaman va demakki bu meni aybim bo‘lib o‘zimni noto‘g‘ri namoyish etganim degani. Yoshni boricha qabul qilish kerak, qarish kerak deganimasu lekin donoroq bo‘lish kerak.

Bizda tushunchalar noto‘g‘riroq kechadi, go‘yoki modami demak yechinish kerakdek. Natijada Behayo va uyatsiz ko‘rinish yuzaga keladi.

Yosh o‘tgan sayin yopiqroq kiyinish bu salobatli, savlatliroq va qaytaga yoshartiradi. Liboslarni qomatga mos, to‘g‘ri tanlansa bo‘lgani.

Taniqli aktyor Valentin Gaft bu borada g‘arb shou-biznesi juda buzuq va uyatsiz deb o‘rinli fikr bildirgani haqdagi videoni ko‘rgandim. Afsuski shou-biznes butun dunyoda shu qadar buzilganki, modani o‘zi uni boshqarmoqda. Yengiltakmi yo qo‘shiqchimi farqi qolmay shou-biznes fahsh-biznesga aylangandek. Buni bari xorijdan esmoqda, ularda na ma’naviyat bor va na qadriyat, xammasi tanasini sotish bo‘lib qolgan.

Uni ta’siri afsuski bizga ham sezilyapti, bizda esa ma’naviyat va madaniyat bor xamda u birlamchi!

Xonanda Manzuraning qay tarafga o‘zgarganini esa suratlarda ko‘rishimiz mumkin:






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Manzura: «Behayo bo‘la olmayman, aqlim kirdi!»