09:57 / 28.10.2017
15 192

14—19 noyabr kunlari Toshkentda moda haftaligi bo‘lib o‘tadi (foto)

14 noyabr kuni Toshkentda olti kunlik moda haftaligiga start beriladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Haftalik doirasida o‘zbekistonlik va xorijlik dizaynerlar uchun «Milliy liboslar», Tashkent Fashion Performance festivallari, yosh dizaynerlar uchun Be young ko‘rik tanlovi va yangi to‘plamlar namoyishlari tashkil etiladi.

Shuningdek, haftalikda o‘zbek matolari va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi.

Toshkent moda haftaligining asosiy tashkilotchisi «Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizaynerlari assotsiatsiyasi hisoblanadi. Tadbirlar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, «O‘zbekipaksanoat» assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ilk marta «Italiya modasi 60 yoshda» ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda Roberto di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni va Versace kabi jahonga mashhur brendlar to‘plamlari namoyish etiladi.
14—19 noyabr kunlari Toshkentda moda haftaligi bo‘lib o‘tadi (foto)






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 14—19 noyabr kunlari Toshkentda moda haftaligi bo‘lib o‘tadi (foto)