Xonanda Munisa Rizayeva nufuzli moda namoyishida ko‘rinish berdi

Xonanda Munisa Rizayeva nufuzli moda namoyishida ko‘rinish berdi

Xonanda Munisa Rizayeva Toshkentda bo‘lib o‘tgan nufuzli Glamour Avenue SS/26 moda namoyishida mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbirdan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar e’tiborini tortmoqda.

Moda namoyishi Buyuk Knyaz Romanov qarorgohida tashkil etilgan bo‘lib, tadbir markaziga XIX asr oxiriga oid tarixiy Romanovlar saroyi bog‘i aylantirilgan. Shu maskanda Glamour Avenue stilistlari xalqaro luxury-brendlarning 120 dan ortiq obrazlarini namoyish qilgan.

Xonanda Munisa Rizayeva nufuzli moda namoyishida ko‘rinish berdi

Izohlarda Munisa Rizayeva “o‘zbek estradasining eng yorqin va iste’dodli yulduzlaridan biri” sifatida ta’riflangan. Xonandaning tadbirdagi ko‘rinishi ham muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar