22:18 / 01.11.2017
6 491

Arash mojarosi oydinlashtirildi: Gonorar kechiktirilmagan, balki to‘lash uchun pulning o‘zi bo‘lmagan(video)

Arash mojarosi oydinlashtirildi: Gonorar kechiktirilmagan, balki to‘lash uchun pulning o‘zi bo‘lmagan(video)
Sayyod.com nashri Arash konsertining bekor qilinishi voqeasiga oydinlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, mashhur xonandaning ma’muri bilan tuzilgan kelishuv shartlari bajarilmagan.

Ma’murning ma’lum qilishicha, Arashning O‘zbekistonda beradigan konserti uchun 40 ming AQSh dollari miqdorida gonorar to‘lanishiga kelishib olingan. Boshlang‘ich to‘lov sifatida 10 ming dollar qo‘shiqchining hisob raqamiga tushirilgan. Ammo ikkinchi to‘lov muddatiga kelib mablag‘ yig‘ilmagani bois jarayon to‘xtab qolgan. Konsert tashkilotchisining hamkori voqeaning aslida qanday kechganini ochiq-oydin gapirib berdi.

Aytilishicha, konsert uchun soxta biletlarning chiqarilgani umuman yolg‘on. Hatto haqiqiy biletlarning ham atigi 20 foizi sotilgan, xolos. Sababi, ularning narxi juda qimmat qilib belgilangan. Arash konserti uchun biletlar 60 mingdan to 1 400 ming so‘mgacha belgilangan, ammo konsertga kelishni istab murojaat qilganlar ko‘p ekaniga qaramay, amalda juda kam miqdorda bilet sotilgan.

Ushbu voqeadan so‘ng o‘zbek ma’murlari xorij xonandalari bilan kelishuv tuzganda uni amalga oshirish imkoniyatlarini yana bir bor hisobga olishi lozim, degan fikr uyg‘onadi. Chunki, so‘nggi paytlarda tez-tez uchrayotgan jahonga mashhur kino va estrada vakillarining yurtimizga tashrifi to‘g‘risidagi asossiz reklamalar sabab ko‘pchilik bu tashriflarga ishonmay qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Arash mojarosi oydinlashtirildi: Gonorar kechiktirilmagan, balki to‘lash uchun pulning o‘zi bo‘lmagan(video)