Film taqdimotida jurnalist Feruz Muhammad mehmon bo‘lib, o‘zining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbek kino olamining zabardast vakillari, bosh rollarni ijro qilgan mazkur filmning keng jamoatchilik uchun taqdimotiga katta tayyorgarlik ko‘rildi.

Filmda bosh rollarni ijro qilgan barcha aktyor-aktrisalar taqdimotda ishtirok etishdi.

Film premerasiga Davron Kabulov boshlovchilik qildi.
Barcha voqealari qariyalar uyida bo‘lib o‘tadigan mazkur filmda bosh rollarni O‘zbekiston xalq artistlari Ubaydulla Omon, Dilbar Ikromova, Gavhar Zokirova, Yayra Abdullayeva, Rixsi Ibrohimova, O‘zbekiston san’at arbobi Isamat Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Madina Muxtorova, Fathulla Ma’sudovlar ijro qilishgan.

Film premerasida O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omonning muxlisga tiz cho‘kkani uzoq va davomli qarsaklarga sabab bo‘ldi.

Film rejissyori Said Muxtorov «o‘zbek kino olamining barcha darg‘alari taklifimni rad qilmasdan, filmimda rol ijro qilgani uchun ularga cheksiz hurmatimni izhor qilaman», deya aktyor va aktrisalarga tiz cho‘kdi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar