date

Sardor Mamadaliyev uylanayotganini ma’lum qildi

Sardor Mamadaliev uylanayotganini ma’lum qildi

O‘zbek estradasi vakillaridan biri Sardorbek Mamadaliev yaqinda uylanishini tasdiqladi. Bu haqda san’atkor “Darakchi” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qilgan.
Mamadalievning ta’kidlashicha, ijod bilan bandligi tufayli uylanishni shu vaqtgacha kechiktirib kelayotgan edi.

“To‘y kuni hali aniq bo‘lmagani uchun bu haqda hech kimga aytmagandim, - dedi u. – Ammo to‘y sanasi kutilmaganda belgilandi. Barcha muxlislarimni to‘yga taklif etib qolaman”.
Shu bilan birga, san’atkor uning to‘yi qayerda bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot bermadi.

Kun.uz izohi: Ayrim san’atkorlarning “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida qoldirayotgan surat va izohlaridan Sardor Mamadalievning to‘yi bugun, 10 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tayotgani haqida gumon qilish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor Mamadaliyev uylanayotganini ma’lum qildi