10:06 / 03.12.2017
6 515

“Oryol i Reshka” boshlovchisi Regina Todorenko ko’rsatuvni bir umrga tark etdi

“Oryol i Reshka” boshlovchisi Regina Todorenko ko’rsatuvni bir umrga tark etdi
Ukrainalik teleboshlovchi va xonanda Regina Todorenko bir necha yildan buyon o’zi faoliyat olib borayotgan dunyo bo’ylab sayohatlar haqida hikoya qiluvchi “Oryol i reshka” ko’rsatuvini shaxsiy xohishiga ko’ra tark etmoqda. Bu haqida Reginaning Instagram ijtimoiy tarmog’idagi ma’lumotlarga tayangan holda “24tv.ua” nashri xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Regina ushbu shouga kelib qolishini tasavvur ham qilmagan va suratga olish guruhiga birga o’tkazilgan yillar uchun minnatdor ekanligini bildirmoqda.

Teleboshlovchi o’z sahifasida “Oryol i reshka” ko’rsatuvdagi sayohatlar haqida yodga olgan va yaqinlari bilan ko’risha olmagan paytlari ularni juda sog’inganini keltirib o’tgan.

“Sayohatlar ko’paygani sayin menga oilam yetishmay borardi. Ayni paytda men ular bilan o’tkazayotgan har bir daqiqamni qadrlashga intilaman. Ammo hech narsadan afsuslanmayman. “Oryol i reshka” shousida o’tkazilgan paytlar ajoyib va maroqli edi! Men o’zim oxirgi yillar ichida boshdan kechirgan sarguzashtlarimni boshqalarga ham tilab qolaman!” deydi ekran yulduzi.

Regina Todorenko kelajakda AQSH kinoakademiyasida tahsil olish, “Oskar” mukofotini qo’lga kiritish, shaxsiy shousiga asos solish, turmushga chiqib, bir necha farzandlarnig onasi bo’lish va oilasi bilan birga dunyo bo’ylab sayohat qilish niyati borligini aytib o’tgan.
Eslatib ztamiz, Regina shou davomida 100 ortiq mamlakatda sayohatda bo’lib qaytgan.

Nima ham derdik, sayohatlarga to’lib-toshgan va barcha qizlar orzu qiladigan bunday hayot haqiqatan ham yaqinlar diydoridan uzoqlashishga sabab bo’lar balki!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Oryol i Reshka” boshlovchisi Regina Todorenko ko’rsatuvni bir umrga tark etdi