O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘zbekistonlik san’at shinavandalariga ajoyib Yangi yil yil sovg‘asi hozirlandi. Yangi yil arafasida 3 nafar jahon musiqa san’ati yulduzlari poytaxt Toshkentdagi muhtasham san’at saroylarida konsert dasturini taqdim etadi.
15 dekabr kuni "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida Britaniya pop-musiqa san’ati yulduzi Robbi Uilyams konsert dasturini taqdim etadi. E’tiborli jihati shundaki, Robbi Uilyams O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda.
17 dekabr kuni soat "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida ispaniyalik taniqli tenor Xose Karreras O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida konsert beradi. Darvoqe, Xose Karreras O‘zbekistonga ikkinchi bor tashrif buyurmoqda.
Uchinchi mehmon esa hozircha sir tutilmoqda. Uning konserti 28 dekabr kuni soat 19:00 da "Istiqlol" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Biroq bu xonandaning O‘zbekistonga tashrifi haqiqatan ham katta shov-shuv bo‘lishi aniq. Sizningcha uchinchi dunyo yulduzi kim?
Darvoqe, konsert chiptalarining ko‘p qismi, musiqa yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalarga bepul berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?