
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali direksiyasi rahbari o‘zgardi. 2017 yilning 1 dekabridan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali direksiyasi ijrochi direktori lavozimiga Farhod O‘ktamovich Jo‘rayev tayinlandi va ayni paytda ish faoliyatini boshladi.
Farhod Jo‘rayev 2015 yilda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Madaniyat vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shuningdek, yangi tashkil etilgan O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga rahbar tayinlandi. 2017 yilning 11 dekabridan O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga bosh direktor tayinlangunga qadar bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Jasur Toshtemirovich Jabborov tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar