
Forbes jurnali rejissyor, ssenariynavis va “Yulduzlar jangi” sagasi muallifi Jorj Lukasni 2017 yilning eng badavdat amerikalik shaxsi deb tan oldi.
Xabarda aytilishicha, ro’yxatning ikkinchi o’rni 3,6 milliard AQSH dollari daromadi bilan Stiven Spilbergga nasib etgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Jorj Lukas daromadi 5,5 millard AQSH dollarini tashkil etadi.
Ro’yxatning uchinchi o’rnida teleboshlovchi Opra Uinfri, undan keyingi o’rinlarda esa Maykl Jordan, Devid Kopperfild, reperlar Diddi, Jey-Zi, golf ustasi Tayger Vudslar nomi qayd etilgan.
Eslatib o’tamiz, mazkur reytingga boyligi ortidan mashhur bo’lganlar emas, mashhurligi ortidan boyib ketgan amerikalik fuqarolar kiritiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar