Kecha, 28 dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyi odamlar bilan liq to‘la edi. Soat 19:00 ga mo‘llanjallangan konsert dasturiga muxlislar soat 17:00 dan tashrif buyura boshlashdi.
Xabaringiz bor, ushbu konsertga chiptalar sotilgani yo‘q. Yil davomida mamlakat rivoji uchun o‘zining katta hissasini qo‘shgan, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmatini ayamagan ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, OAV, ijtimoiy sohalar xodimlariga Yangi yil sovg‘asi sifatida konsert taklifnomalari taqdim etildi.
Konsert dasturida o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlarga ham ko‘zimiz tushdi.
Enrike Iglesiasning shov-shuvli konsert dasturiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oila a’zolari – qizlari, o‘g‘li, kuyovlari ham tashrif buyurdi.
Konsertda odamlar 20 daqiqa o‘z o‘rindiqlarida o‘tirib, qolganini esa tik turib, raqsga tushib, xonandani qo‘llab-quvvatlab o‘tkazdilar. Kimdir sahnaga chiqib suratga tushdi, kimdir raqsga... Konsert dasturi o‘ta professionallik bilan tashkil etilganki, jonli ijroda hech qanday texnik nosozlik ko‘zga tashlanmadi. Qo‘riqchilar ham xonanda bilan suratga tushishni istaganlarni chetga surib qo‘ygani yo‘q. Aksincha, yoshlarga xos, o‘ta yengil ruhda tashkil etilgan konsertda mehmonlar haqiqatan hordiq chiqardi.
Konsertdagi eng unutilmas voqealardan biri o‘zbekistonlik xonanda Ulug‘bek Ismoilovning Enrike Iglesias bilan bir sahnada qo‘shiq ijro etgani bo‘ldi. Hatto, Enrikening o‘zi ham Ulug‘bek Ismoilovning qo‘shiqni xuddi o‘zidek ijro etishiga qoyil qoldi.
Aslida bu konsert chiptalari ham ma’lum bir mablag‘ evaziga sotilishi, undan tushgan pullarni tadbirkorlar sanab olishi ham mumkin edi. Yo‘q, hukumat yil davomida xalq manfaati yo‘lida betinim mehnat qilganlarni taqdirlash, ularga esdaqolarli sovg‘a tayyorlashning uddasidan chiqdi. Bu kun konsertga borgan fidoyilar, tashabbuskor yoshlar xotirasida ko‘p yillar saqlanib qolishi tayin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!