Marhuma xonanda Janna Friskening otasi Vladimir Kopilov va qo’shiqchining sobiq turmush o’rtog’i Dmitriy Shepelev orasidagi mojarolar hanuzgacha tingani yo’q. Xabarda aytilishicha, Shepelov sobiq qaynotasi va qaynonasiga o’z nabiralarini ko’rish uchun ruxsat bermayapтi. Xonandaning otasi esa nabirasi bilan uchrashish uchun barcha narsaga tayyor.
O’tgan hafta “Millionlik sir” loyihasi mehmoniga aylangan Kopilov ko’rsatuv boshlovchisiga hech narsaga qaramasdan Dmitriyni kechirish va o’zi ham uzr so’rashga tayyor ekanligini aytgan.
Bundan tashqari Vlamidir qizining yagona farzandi bilan uchrashish uchun sobiq kuyoviga shahar tashqarisidagi uyini ham berib yuborishga tayyor.
Bundan avvalroq Vladimir Kopilov kuyovining saraton bilan kurashayotgan qizi uchun zarur bo’lgan va ahvolini yaxshilaydigan, biroq qimmat turadigan dorilarni olib bermagani haqida aytgandi. Bundan tashqari Jannaning otasi kuyovining ma’raka paytidagi nomaqbul hulqiga ham ishora qilgan.
Ushbu so’zlardan so’ng Dmitriyning ham javobi qaynotasini uzoq kuttirmadi.
“Barchangizga achinaman. Yovuzligingiz uchun, tentakligingiz uchun, ishonuvchanligingiz uchun. O’zimni hech narsa bilan ayblamayman. Tushuntiradigan va o’zimni oqlashim kerak bo’lgan narsa ham yo’q. Mening bolam baxtli. Men baxtliman. Va allaqachon siz shunchalar lazzat bilan kovlayotgan o’tmishda yashamayman. O’z namunaviy hayotingizni tartibga keltiring. O’zingiz va o’z muammolaringiz bilan shug’ullaning. Yangi yil bilan. Bargacha yaxshilik tilayman!”
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!