
Yangi yil bayrami gollivud aktyori Uill Smit uchun qo’shaloq tantana. Zero u 20 yil avval aynan shu kuni sevgan ayoli, Jada Pinkett bilan nikohdan o’tgan va katta to’y marosimini uyushtirgan, deyiladi xabarda.
Kuni kecha 49 yoshli aktyor rafiqasini to’ylarining 20 yillik yubileyi bilan tabriklash maqsadida Instagram ijtimoiy tarmog’iga quyidagi so’zlarni yozib qoldirdi va tabrik ostiga to’y kunida olingan suratlardan birini ilova qildi.
“20 yil avval aynan shu kuni qo’l ushlashib olgancha dadil tarzda mehrob tomon borardik. Shu paytdan beri anglaganlarim: Muhabbat bog’bonlikka o’xshar ekan. Men sening gullab-yashnashing va o’zing istagan kabi bo’lishing uchun ko’mak berishga e’tibor qaratishni o’rgandim... Mening mo’rt xudbinligim ehtiyoj sezgan odamga aylanashingni talab qilish o’rniga... Men orzuyingdagi erkak bo’lishdan xursandman. Bu meni baxtli qiladi!
Men bildimki, sevgi – eshitishni bilish ekan! Sevgi – bor kuchingni sarf etish ekan. Sevgi – erkinlik ekan! Yubiley bilan, mening qirolicham!”
Eslatib o’tamiz, baxtiyor juftlikning 19 yoshli Jeyden ismli o’g’il va 17 yoshli Uillou ismli qizlari bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar