19:30 / 05.01.2018
79 403

Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i haqida ochiqcha gapirdi...

Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i haqida ochiqcha gapirdi...
Aktrisa Zarina Nizomiddinova o‘g‘lining otasi — birinchi turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari haqida ochiqcha gapirishga qaror qildi.

Zarina Nizomiddinova: — Ota-onam menga hech qachon yolg‘on gapirmagan. Men ham xuddi shu tarbiya usulini o‘g‘limda qo‘llayapman. U hamma narsani boricha qabul qilishga kichikligidan o‘rganishsa hayotda kamroq qiynalishadi. Ikkinchi sinf o‘quvchisi bo‘lsa ham katta odamlardek suhbatda bo‘lamiz. Misol uchun dadasi chet elda, bir-birimizga to‘g‘ri kelmaganimiz uchun ajrashganimizni, hatto munosabatlarimiz yaxshi emasligini ham tushuntirib berganman.

Ko‘chada men haqimda yolg‘on gaplarni eshitib siqilgandan ko‘ra, o‘zimdan bor gapni bilgani yaxshiroq, nazarimda. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimizdan so‘ng qayta yarashishga ko‘p urindi. Uyimizga kelib kechirim so‘ragan paytlari ham bo‘lgandi. O‘sha paytlarda bolam, deb mehr ko‘rsatganini eslolmayman. Ona uchun bolasiga nisbatan bunday beparvolik og‘ir botadi. Aytmoqchimanki, o‘g‘lim Temirxon bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin dadasini qo‘msashi yoki sog‘inishi qiyin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i haqida ochiqcha gapirdi...