14:41 / 06.01.2018
4 921

Kanadada Jastin Biber sharafiga muzey ochiladi

Kanadada Jastin Biber sharafiga muzey ochiladi
Mashhur pop-xonanda Jastin Biber sharafiga tashkil etilgan muzey shu yilning 18 fevral kuni xonandaning tug’ilgan maskani – Kanadaning Ontario shahrida ochilishi rejalashtirilgan.

Bino “Olimga yo’l” nomi bilan ataladi va mahalliy Avon teatridan unchalik uzoq bo’lmagan yerda joylashgan. Ekpozitsiya xonandaning buvisi va bobosi yordamida sevimli nabiralariga tegishli bo’lgan bolalik va karyera qilish paytidagi buyumlardan tashkil etildi.

Xabarda keltirilishicha, muzey mehmonlari bu yerda Biber tomonidan qo’lga kiritilgan Grammy Award mukofoti, uning shaxsiy mikrofonlari, xokkey sumkasi, xatlari, xususan Mishel Obamadan olgan maktubini ham ko’rishlari mumkin.

Yig’ilgan 125 ta eksponatdan 75 tasi omma e’tiboriga havola etiladi. Shuningdek ularning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi haqida ham ma’lumot berilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kanadada Jastin Biber sharafiga muzey ochiladi