date

O‘zbek xonandasi poytaxt aholisini hayratga soldi

O‘zbek xonandasi poytaxt aholisini hayratga soldi

Turli musiqali televizion-shoular qatnashchisi, iste’dodli yosh ijrochi Ulug‘bek Xaliqov Toshkent ahlini hayratda qoldirdi. Xonanda kafe mijozlari, avtobus yo‘lovchilari, shahar ko‘chalaridagi piyodalar oldida chiqish qildi. Bu haqda KUN nashri xabar bermoqda.

U sozanda do‘stlarining turli musiqa asboblari jo‘rligida o‘zbek va chet tillardagi xit qo‘shiqlarni ijro etdi. Ushbu noan’anaviy musiqiy chiqish atrofdagilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tomoshabinlarning ba’zilari musiqaga mos ravishda raqsga tushsa, qolganlari hayratomuz shouni video tasvirga olib, yaqinlari bilan baham ko‘rishdi.

Marhamat siz ham videoni ko‘rishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek xonandasi poytaxt aholisini hayratga soldi