
Amerikaning Tinek shahrida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaro tomonidan 250 dollar evaziga sotilishi rejalashtirilgan kartina mashhur rassom Rembrandtning yo’qolgan kartinasi bo’lib chiqdi.
Xabarda aytilishicha, aka-uka Landaurlar onalarining o’limidan keyin 1930 yildan buyon uylarining devorida osilib turadigan ushbu suratni sotib yubormoqchi bo’lishgan va uni auktsionga baholash uchun olib kelishgan, аsar esa tashkilotchilarda hech qanday taassurot uyg’otmagan. Ammo kutilmaganda savdo-sotiq ishlari 250 dollardan boshlanib, 100 ming, keyin esa 1,1 million dollargacha chiqqan.
Tashkilotchalar germaniyalik ishtirokchilardan biri qo’ng’iroq qilib, ushbu kartina rassom mo’yqalamiga mansub asl asar ekanligi va XVII boshlarida chizganligi haqida ma’lum qilmaguniga qadar hech narsani tushunishmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar