
“Bajarib bo’lmas vazifa– 6” filmning suratga olish ishlari bosh rol ijrochisi Tom Kruzning tan jarohati olgani sabab bir muddatga to’xtatilgan va 6 hafta avval qaytadan boshlangan edi. O’sha paytlarda aktyor dubl paytida balandlikdan sakrash chog’ida omadsizlikka uchragan va to’pig’idan jarohatlangan.
Bu safar Itan Xant roli ijrochisi bo’lmish aktyor derazadan sakrash lavhasida qoqilib ketgancha, barchaning o’takasini yordi.
Xabarda aytilishicha, hodisadan so’ng butun guruh nima bo’lganini bilish uchun uning yoniga yig’ilgan. Bir necha daqiqa davomida hech narsa sodir bo’lmagan, keyin esa guruh a’zolaridan biri jurnalistlarga qarata imo-ishoralar bilan barchasi yaxshi ekanligini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar