Dam olishdan keyin ko‘zi qizarib ishga kelgan xodimdan boshliq so‘radi:
— Nega ko‘zlaringiz qizargan? Uyquga to‘ymadingizmi?
— Yo‘q! Ishxonani sog‘inib, yig‘ladim!..
***
Bir kishi hamkasbiga shikoyat qilyapti:
— Ertalab uxlaging keladi, kunduzi ovqat yeging, kechqurun dam olging. Ishlashga vaqt yo‘q!
***
— Zeboxon, menga ismingiz judayam yoqadi!
— Rahmat. Uni tug‘ilgan kunimga sovg‘a qilishgan.
***
Dunyodagi eng omadsiz baliqchi chuvalchangining 14 yoshini nishonladi.
***
E, xudoyim, meni katta maosh bilan jazola! “Shuncha pulni nimaga sarflayman endi”, deb bir qiynalay!
***
Erta tongda turiboq, ko‘zguga qaradim. O‘zimni tanimadim… Demak, endi boy bo‘lar ekanman.
***
Onasinikiga ketib qolgan xotin eriga qo‘ng‘iroq qildi:
— Ketganimga olti hafta bo‘ldi. Nahotki, qo‘ng‘iroq qilib aytadigan birorta so‘zingiz ham bo‘lmasa-ya?!
— Bor!
— Ayting!
— Rahmat!
***
Aslini olganda ishga borishim kerakligini to‘g‘ri qabul qilaman. Ammo u yerda o‘tirib, uyga qaytish vaqtini naq 8 soat kutish azob!
***
— Dadajon, oyim siz uyda paypoqda shippaksiz yurishingizni tayinladilar, — dedi bola otasiga.
— Nimaga? — so‘radi ota.
— Nimagaligini dadangga aytma, degandilar. Bu ikkalamizning kichkinagina sirimiz bo‘lib qolarkan.
— Aytaqol, iltimos, ona qizim?
— Mayli, faqat oyim bilmasin. Kecha shu uydagi gilamning ustida igna yo‘qotib qo‘ygan ekanlar, shuni o‘zingiz topib berishingizni xohlayaptilar…
***
— Menga oyijonim, har bitta olgan “besh” bahoim uchun bittadan shirin kulcha olib beradilar, — maqtandi bir qiz do‘konda.
— Ha, ko‘rinishingdan a’lochi qizga o‘xshab turibsan!
***
— Dadasi, rostini ayting, menga gilam olib berasizmi, yo‘qmi?
— Hozircha, supurgida uchib tur!
***
Yaqinda “Nimani maqtasang, o‘shasiz qolasan”, degan bir ajoyib gapni eshitib qoldim. Shunday ekan azizlarim, yaxshilab eshitib olinglar… Men 2ta kreditim va ortiqcha vaznim bilan maqtanyapman!
***
Xotinga maoshning hammasini berish qiyin emas. Uni maoshning hammasi shu ekanligiga ishontirish qiyin.
***
— O‘rtoq haydovchi, mumkin emasligini bila turib, nega mashinangizning oynalarini qoraytirib oldingiz?
— Chunki men mashinani yomon haydayman!
— Nima, bu yordam beradimi?
— Albatta, kim ekan, deb qaraganlardan uyalib, bekinaman!
***
Tiqilinch avtobusda bir qiz oyog‘ini bosib olgan yigitga baqirdi:
— Hayvon!
— Tanishganimdan xursandman!
***
Tadbirkor ayolning biznes plani:
Erdan pul undirish!
***
— Bir narsaga hayronman, — dedi ayol dugonasiga. — Erkaklar bizga avvaliga shirinlik, turli-tuman shokoladlar sovg‘a qilishadi-da, keyin o‘zlari “Nega semirib ketayapsan?” deb hayron bo‘lishadi. Undan ko‘ra faqat brilliant ziraklar sovg‘a qilishsin, yaraqlab yuraylik!..
Dildora NAZAROVA tayyorladi.
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...