
Xitoyning radio, kino va televideniye bosh boshqarmasi tanasiga har xil tasvirlarni tushirib, tatuirovka urdirib olgan xonandalar hamda boshqa mashhur insonlarni oynai jahonga chiqishini taqiqladi. Bu haqda “Sina” axborot portali xabar berdi.
Boshqarma madaniyatni parchalovchi, unga putur yetkazuvchi har qanday san’atkorni telekanallarda ko‘rsatmaslik talabini qo‘ydi. Shuningdek, bundan buyon Xitoy televideniyesida beadab, fikrlash doirasi tor, yuksak axloq fazilatlaridan mutlaqo begona bo‘lgan mehmonlar, doim turli janjallar, mashmashalarga aralashib yuruvchi, yomon obro‘ga ega qo‘shiqchi va aktyorlarni ko‘rsatish ham ma’qul ko‘rilmaydi.
Bunday qaror birinchi qo‘llangan qo‘shiqchi rep-ijrochi “GAI” bo‘ldi. Uni “Singer” teleshousidan chetlashtirishdi, internetdagi videokliplari “qulflab” qo‘yildi.
Manba: xs.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar