19:00 / 25.01.2018
14 430

Sherali Jo‘rayevning uzoq kutilgan konserti qanday o‘tdi? (foto)

Sherali Jo‘rayevning uzoq kutilgan konserti qanday o‘tdi? (foto)
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev uzoq tanaffusdan so‘ng «Istiqlol» san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim qildi.

Dasturni suxandon Dildora Rustamova hamda boshlovchi Anvar Azimovlar olib borishdi.

Konsert O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqovning monologi bilan boshlandi. So‘ng sahnaga Sherali Jo‘rayev chiqib keldi. Sherali Jo‘rayevni sog‘ingan muxlislari gulduros qarsaklar bilan kutib oldilar. San’atkor konsert dasturini «Onaginam» taronasi bilan boshladi.


Birin-ketin «Inson qasidasi», «Ko‘rmisham», «Bandaman», «Karvon ko‘rdim», «Asta-asta», «Ey dil», «Yorim bo‘lsang», «Qarashlarga» kabi xit taronalar jarang sochdi. Muxlislar san’atkorga jo‘r bo‘lishdi.


Dasturning birinchi qismi «Qarashlarga» deb nomlangan tarona bilan yakunlandi.


Ushbu bo‘lim so‘ngida Sherali Jo‘rayev kichik farzandi, xonanda Zohirshoh Jo‘rayevni sahnaga taklif qildi. Zohirshoh Jo‘rayev o‘zining 2017 yilning eng xit taronasi deya e’tirof qilingan «Yaxshi ko‘rib qoldimda» taronasini ilk marotaba jonli ijroda kuyladi.

Ikkinchi bo‘lim «O‘zbegim» taronasi bilan boshlandi. So‘ngra «Atirgulim», «Gulbadan», «Sanamjon» qo‘shiqlari kuylandi. Ikkinchi bo‘lim yakunida Shohjahon Jo‘rayev«Otajon» qo‘shig‘ini kuyladi.

altalt
Uchinchi bo‘lim Sherali Jo‘rayevning «Parijon» deb nomlangan taronasi bilan boshlanib, «Birinchi muhabbatim» taronasi bilan davom etdi.

Qardosh xalqlarimiz haqida kuylangan, do‘stlikni, hamjihatlikni, mehr-muhabbatni tarannum qiladigan navbatdagi tarona Sherali Jo‘rayev hamda uning ikki farzandi bilan duet tarzida kuylandi.


A’lo darajada o‘tgan, 2018 yilning ilk jonli ijrodagi konsert dasturi «Sochingdagi oq» deb nomlangan falsafiy taronasi bilan yakunlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘rayevning uzoq kutilgan konserti qanday o‘tdi? (foto)