
Tadbir va konsertlarning professional tashkilotchisi — “PROART” kompaniyasi endilikda film suratga olishni boshladi.
Satirik komediya janridagi film “BO‘RON” deb nomlanib, u aktyor Javohir Zokirov bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Filmda goh faylasuf, qassob, kinorejissyor, no‘noq aktyor, ba’zida xonanda bo‘lib, hayotdan ma’no axtaradigan qahramon hayoti aks ettirilgan.
Kartina rejissyori va direktori Javohir Zokirov.

Prodyuser hamda kasting rahbari Javlon Kamalov.

18-35 yoshdagi yigit qizlar, siz ham ushbu filmda o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, omadingizni qo‘ldan boy bermang. Buning uchun filtrsiz portret va buyi barobar suratingizni +998951773335 telegram raqamiga jo‘natishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar