7 073
Xonanda Otabek Muhammadzohid: "Milliy estrada yo‘nalishini tinglashga sabr yetmayapti"
Xonanda Otabek Muhammadzohid O‘zbek to‘ylarida nega o‘zimizga xos bo‘lmagan yevropacha qo‘shiqlar kuylash soni tobora ortib bormoqda, degan mavzuda o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Otabek Muhammadzohid: - Bugungi to‘ylarda o‘zbekcha qo‘shiqlarimizni ijro etishga ikkilanib qoldim. To‘g‘ri o‘zimga yarasha muxlislarim bor. Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi ba’zan to‘ylarimizda hech istiholasiz nafaqat menga balki ba’zi bir mashhur sanatkorlarimizga ham o‘zbekona uslubdagi, milliy estrada yo‘nalishidagi taronalarni tinglashga odamlarni sabri yetmayapti, iloji bo‘lsa tezroq yevropacha ayting yoki kuylab bering deyishadi.
To‘yxonadagi mehmonlar tinimsiz ravishta sho‘x ammo, yevropacha ohangdagi qo‘shiqlarga raqsga tushishadi. Men xalqimizni tinchligidan, xursandchiligidan boshim ko‘kka yetadi, ammo, biz ma’naviyati, madaniyati, andishasi kuchli bo‘lgan ajdodlarning avlodlarimiz, bizni an’anlarimizda milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan musiqaga raqsga tushishlar yoki bo‘lmasam to‘ylarimizda qanchadan -qancha yoshi ulug‘ insonlar oldida o‘zlarini raqs guruhi a’zolari deya tanishtirayotgan behayolarcha kiyingan qizlarimizning ommaviy tarzda raqsga tushishi meni jiddiy o‘yga solmoqda.
Eng achinarlisi bu kabi odatlar va holatlar shahardan qishloqlarga asta sekinlik bilan kirib bormokda. Yoshlar mayliku xattoki, 40dan oshgan erkak va ayollarda ham shuni uchratish mumkin. Shunday vaziyatlarda biz xonandalar nima qilishini bilmay oddiy diskni qo‘yib to‘y o‘tkazishga to‘g‘ri kelmokda. To‘ylarda, konsert zallarida, madaniyat maskanlarida uzundan uzoq maqom eshitamiz deydiganlar deyarli kamaymokda.
Televideniye orqali maqom kechalarida zalni to‘ldirib o‘tirgan tomoshabinlarning ko‘p qismi konsert tugamasdan, necha ming yillik mavqega ega san’atimizga, san’at ahlimizga behurmatlarcha zalni tark etishayotgani to‘g‘risida aytib o‘tilmoqda. To‘g‘ri hech kimni muhokama qilish yoki ularni majburan zalda olib qolishga haqqimiz yo‘q. Ammo, o‘sha insonlar ma’naviyati, sabr toqati kuchli, fikrlash darajasi yuqori bo‘lsa bunday vaziyatlar bo‘lmasligi aniq. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)