22:20 / 14.02.2018
6 056

O‘zbekistonda yana koreys seriallari namoyish etiladimi?

O‘zbekistonda yana koreys seriallari namoyish etiladimi?
Bugun, 14 fevral kuni poytaxtimizdagi nufuzli INXA universitetida Xalqaro press-klubning «O‘zbek-koreys do‘stligi: tarix sahifalari, istiqbol ufqlari» mavzusida navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki davlatdan diplomatlar, olimlar, OAV vakillari va talabalar ishtirok etdilar.

Sessiyada qatnashgan «Xabar.uz» portalining maxsus muxbiri, «Jiyda guli» teleseriali ssenariysi muallifi, yozuvchi Karimberdi To‘ramurod shunday savol berdi:
— «Jiyda guli» teleseriali ssenariysini yozayotganimda koreys kinoijodkorlaridan ko‘p jihatdan andoza olganman. Ularda xijolatli sahnalar, erkak-ayolning nozik munosabatlari ekranga olib chiqilmaydi. Hozirda ko‘pchilik ko‘rayotgan boshqa davlatlar seriallari haqida bunday fikr bildirish qiyin. Savolim shundan iboratki, biz yana «Qish sonatasi» kabi seriallarni, Jun Sang kabi qahramonlarimizni tomosha qilamizmi?

Bu savolga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisining maslahatchisi Kim Dje Un quyidagicha javob berdi:
Madaniyatimizga bo‘lgan hurmatingiz uchun minnatdorman. Sharqona odob o‘zbeklarda ham juda kuchli, shuning uchun ko‘ngillarimiz mushtarak bo‘lsa ajab emas. Seriallarga kelsak, qiziqish yuqori ekan, biz albatta bu masalaga e’tibor qaratamiz, yetakchi telekanallarimiz bilan bog‘lanamiz, yangi seriallarni olib kelish va taqdim etishga astoydil kirishamiz. Elchixona bu borada qo‘lidan kelgan ko‘makni ayamaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda yana koreys seriallari namoyish etiladimi?