14:01 / 15.02.2018
6 441

Xayrullo Hamidov she’ri: Erkaklarga xitob

Xayrullo Hamidov she’ri: Erkaklarga xitob
Xotinlar sizlarga emas ermaklar,
Lozimdir alarni suyib yurmaklar!
Rosuli akramdan bir xitob kelmish,
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Bahor tuyg‘ulari yot erur qishga,
Qo‘yoling har qanday chog‘ tishni tishga
Kuchingiz ishlating arzirli ishga
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Ibodatdan oling qalbingiz o‘chin,
Ijodga sarflangiz tuyg‘uning kuchin.
Bolangiz odamdek o‘sishi uchun
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Yo‘qolgay chinakam halovatingiz
Qimmatga tushajak xiyonatingiz,
Qadrlang dunyoviy omonatingiz
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Har qanday chog‘ inson tovushin qiling,
Ko‘cha emas, uyning tashvishin qiling,
Uydan chiqib keting, mard ishin qiling,
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Bu yo‘l Islom degan yo‘llaringizmas,
Ibodatga loyiq qo‘llaringizmas.
Ular sizga tobe’ qullaringizmas,
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Uyingiz to‘rini qilmang harbiya,
Shar’iy talablarga aylang talbiya!
Qo‘lingizdan kelsa bering tarbiya
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Islomning g‘amini yesangiz agar,
Haq din ta’limotin sevsangiz agar,
Oxirgi ummatman desangiz agar
Xotinlarni urmang, mo‘min erkaklar!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xayrullo Hamidov she’ri: Erkaklarga xitob