12:35 / 16.02.2018
7 079

Zohirshoh Jo‘rayevning do‘stlari nega bevafolik qildi?

Zohirshoh Jo‘rayevning do‘stlari nega bevafolik qildi?
Ijoddagi “ildiz”i ulug‘ ajdodlarning dunyo tamaddunida o‘rin topgan asarlaridan “suv ichib”, qaddi hayotning dovul va izg‘irinlariga dosh berolgan ijodkor Zohirshoh Jo‘rayev, jurnalist Sadoqat Allaberganova bilan bo‘lgan suhbatda do‘stlar hiyonati haqida so‘zladi.

Zohirshoh Jo‘rayev: — Tan olaman, avvallari oilamga u qadar e’tiborli emasdim. Oshna-og‘aynilar orttirib, o‘tkinchi narsalarga o‘ralashib qolgan ekanman. Biror marta ham o‘sha “do‘stlar”im bir soatda yo‘q bo‘lib qolishi haqida fikrlab ko‘rmabman. Ishonasizmi, men uchun og‘ir bo‘lgan kunlarda “do‘stman” deb yurganlarning birortasi yonimda qolmadi. Bu ham menga yaxshigina saboq bo‘ldi. Bu voqealar yigirma yil keyinroq yuz berganida menga qiyin bo‘lardi. “Do‘stlar”im ayni fursatida sinovdan o‘tdi. Yaxshi-yomon kuningda oilangdagilardan boshqasiga kerak emas ekansan, shuni angladim. Shukr, oila-a’zolarim borligi uchun shuncha vaqt oyoqda mustahkam turoldim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zohirshoh Jo‘rayevning do‘stlari nega bevafolik qildi?