22:58 / 23.02.2018
4 655

Xorij kompaniyalari o‘zbek filmlari va seriallarini o‘z platformalariga joylashtiradi

Xorij kompaniyalari o‘zbek filmlari va seriallarini o‘z platformalariga joylashtiradi
“O‘zbektelekom” AK Rossiyaning Ivi onlayn-kinoteatri bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Mazkur brend Warner Brothers, Paramount Pictures, Fox, Sony Pictures, NBC Universal, Disney, BBC, “Mosfilm”, “Bazelevs”, “Sentral Partnership” va boshqa shu kabi yirik ishlab chiqaruvchilar kontentidan foydalanish imkoniyatini taqdim etib kelayapti.

“Biz Rossiya bozori yetakchisi — Ivi va yana bir necha xorij kompaniyasi bilan muzokaralar olib borayapmiz. Yaqin oylar ichida, ko‘pi bilan yarim yilda, nafaqat internet va IPTV’dan foydalanish, balki chet ellik yetkazib beruvchilar kontentiga pullik obuna bo‘lish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy tarif rejalarini ishga tushirishni mo‘ljallab turibmiz”, — deydi “O‘zbektelekom”ning marketing va tijorat ishlari bo‘yicha direktori Yevgeniy Vishnevskiy.

Uning so‘zlariga qaraganda, xorij kontent yetkazib beruvchilari nafaqat O‘zbekiston bozoriga o‘z mahsulotlari bilan kirish, balki bu yerda mustahkam joy olishni ham maqsad qilgan. Jumladan, ular Rossiya va G‘arbda mashhur bo‘lgan kontentni o‘zbek tiliga ham o‘girishni rejalashtirgan.

“Bundan tashqari, chet el kompaniyalari mahalliy kino ishlab chiqaruvchilar va studiyalar bilan o‘zbek filmlari va seriallarini o‘z platformalariga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan”, — deydi Vishnevskiy.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” AK mamlakatda 7 yildan beri abonentlarga turli interaktiv servis xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan yangi avlod televideniyesi — IPTV’ni joriy etib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xorij kompaniyalari o‘zbek filmlari va seriallarini o‘z platformalariga joylashtiradi