Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasida bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 mart kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga yetib bordi.
8 mart kuni tunda O‘zbekistonning 100 dan ziyod taniqli san’atkorlari ikki mamlakat davlat rahbarlarining uchrashuvlari munosabati bilan qabul marosimida ishtirok etish uchun Tojikistonga jo‘nab ketgan edilar. Ular orasida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham bor.
Ma’lumki, ertaga, 10 martdan e’tiboran Yulduz Usmonovaning “Istiqlol” san’at saroyida 15 kunlik konsert dasturiga start beriladi. Xonanda esa Tojikistonda.
Tahririyatimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga xonandanig konserti birinchi kuni qoldirilishi bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi. Odamlar orasida tarqalayotgan gap-so‘zlarga qaraganda, Yulduz Usmonova 11 mart kuni O‘zbekistonga qaytadi. Shu bois 10 mart kundagi konsert bekor qilingan.
Ortiqcha shov-shuvga hojat yo‘q. Xonandaning konserti rejadagidek, 10 martdan boshlanadi. Yulduz Usmonova bugun Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan qabul marosimida ishtirok etib, ijodiy jamoasi bilan Toshkentga qaytib keladi. 10 martga rejalashtirilgan konsert esa qoldirilmagan.
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston va Tojikistonning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsertga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?