20:37 / 13.03.2018
10 180

Ozoda Nursaidova 10 yillik tanaffusdan so‘ng «Istiqlol»da konsert berishi mumkin

Ozoda Nursaidova 10 yillik tanaffusdan so‘ng «Istiqlol»da konsert berishi mumkin
Ozoda Nursaidova kuz oylarida «Istiqlol» san’at saroyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga murojaat etganini ma’lum qildi. Bu haqda xonanda Turkiyadagi yakkaxon konsert dasturi oldidan jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Turkiyadagi konsert dasturimiz 1 aprel kuni, 50-60 kishilik orkestr bilan, 100 foiz jonli ijroda bo‘lib o‘tadi. Ushbu dasturda ancha yillardan buyon yig‘ilgan taronalar hamda o‘nta yangi qo‘shiqni kuylashni rejalashtirganmiz. Konsertda jami bo‘lib 22 ta tarona kuylashga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Turkiyadagi ijodkorlar bilan ancha yillardan buyon ijodiy hamkorlik qilaman, mazkur dasturimizni ancha yillik mehnatning hisoboti desa ham bo‘ladi. Konsert dasturimiz bo‘lib o‘tadigan Grand Pera Emek Sahnesi zali 700 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu joyning akustikasi yaxshiligi hamda qadimiy joy bo‘lgani uchun dasturimizni shu yerda taqdim qilishni mo‘ljallaganmiz. Konsert zali talablaridan kelib chiqib, dasturga kirish narxlarini qimmatroq qilib belgilashgan ekan. Biz tashkilotchilar bilan kelishib, dasturning chipta narxlarini imkon qadar arzonroq qildik. Nasib qilsa, kuz oylarida «Istiqlol» san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga murojaat qilganmiz.
Ozoda Nursaidova, xonanda

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidova 10 yillik tanaffusdan so‘ng «Istiqlol»da konsert berishi mumkin