
— Hech qachon plastik amaliyotdan foydalanmaganman. Ikki yarim yildan buyon qomatimni korreksiyalash maqsadida sport zalida shug‘ullanaman.

Kunora uch soatdan mashq qilaman. Bor sirim shu. Turmushdan ajrashganimdan so‘ng haddan tashqari ozib ketdim. Qomatimni tartibga keltirmasam bo‘lmaydi deya, shug‘ullanayotganimni hamma o‘zicha gap qildi.

Aslida esa barining ortida mehnat yotibdi. Go‘zallik saloniga borsam ham, qizlar sochimni surishtirishadi, «O‘zingiznikimi yo ulamami?» deya. Sochlarim o‘zimniki, tabiiy shunday.

Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar