20:21 / 17.03.2018
4 461

Internetni “ustoz” bilganlar

Internetni “ustoz” bilganlar
Savollari chalkashib qolar,
Javoblarni dalilsiz olar,
Qalbingizga g‘ulg‘ula solar
Internetni “ustoz” bilganlar.

Tokchalarda chang bosdi kitob,
Foyda bermas ming qilsang xitob,
Jamiyatda ayladi shitob
Internetni “ustoz” bilganlar.

Fatvolarning isboti yo‘qdir,
Yuragingga qadalgan o‘qdir,
Haq o‘rniga sarobga to‘qdir
Internetni “ustoz” bilganlar.

Bir savolga ming bitta javob,
Xatolar ko‘p, to‘g‘risi kamyob,
Anglab bo‘lmas gunohmi, savob
Internetni “ustoz” bilganlar.

Ustozini bilmaydi ular,
Hurmatini qilmaydi ular,
Joylaridan jilmaydi ular
Internetni “ustoz” bilganlar.

Olimlarning boshlari sarak,
Bu nimadan bermoqda darak?
Manbalarga qaytmoqlik kerak,
Internetni “ustoz” bilganlar!

O‘zbekiston – tinchlik diyori,
Barkamollik – xalqim shiori,
Har narsaning bordir me’yori,
Internetni “ustoz” bilganlar!
Erkin QUDRATOV,
Mir Arab o‘rta maxsus Islom
bilim yurti mudarrisi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Internetni “ustoz” bilganlar