date
views 6 891

Murat Yildirim Buxoro shahriga yetib keldi

Murat Yildirim Buxoro shahriga yetib keldi
Foto: “Xabar.uz”
“Osiyo” teleserialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning “Scorpion” filmida suratga tushishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 23 mart kuni Murat rafiqasi, marokashlik go‘zal Imona Elbani bilan birga Buxoro shahriga yetib keldi. “Scorpion”da Murat Yildirim ijro etadigan sahnalarni suratga olish ishlari Buxoro viloyatida ertaga, 24 mart kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, “Scorpion” trilleri prodyuseri Oybek Abdushukurov turkiyalik aktyor Murat Yildirim bilan Istanbul shahrida shartnoma imzolagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Murat Yildirim Buxoro shahriga yetib keldi