
Sa’dullayevlar sulolasining davomchisi Muqaddas Sa’dullayeva so‘nggi paytlarda ekran yuzidan tushmay qolgani rost. Aktrisaning vaqti ziq bo‘lsa ham, qisqa, ammo qiziqarli savollarimizga javob berishga muvaffaq bo‘ldi.
— Dod degingiz keladi, qachonki...
— Tuhmat, xiyonatni ko‘rganimda...
— Atrofingizdagilar “Bo‘lmaydi”, “Ishonma”, “Hammasi bekor” deyishayapti?..
— Ularni ham tinglayman, ammo o‘z bilganimni ma’qul ko‘raman.
— O‘zingiz uchun to‘g‘ri deb bilasiz?
— Birovning haqiga xiyonat qilmaslikni, sadoqatli bo‘lishni...
— Muqaddasning baxt formulasi?..
— To‘kis baxtli oila, farzandlarim, ota-onamning sog‘-omonligi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar