O‘z uslubini yarata olgan yosh, iste’dodli xonanda Shahlo AHMEDOVA oxirgi kunlarda respublikamizning turli viloyatlari hamda qo‘shni respublikalarda ijodiy safarlar bilan band bo‘ldi. Darvoqe, u shu yil talabalar safiga qabul qilindi.
Shahlo bilan shu mavzuda suhbatni boshlab, ijodiy yangiliklar va quloqqa chalingan ayrim mish-mishlar haqida gurunglashdik.
— Hozir sirtqi bo‘limning birinchi kursida tahsil olyapman. Bu yil men uchun omadli keldi. Ijodimda yaxshi yangiliklar bo‘ldi, o‘zim istagan yo‘nalishda o‘qishga kirdim. Behad baxtiyorman!
— San’at yo‘nalishida o‘qishni istasangiz, o‘zimizda ham sharoitlar yetarli. Nega aynan GITISni tanladingiz?
— Bir necha yillar oldin O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjat topshirdim. Ammo ijodiy imtihondan o‘tolmadim. Negadir, menga past baho qo‘yishdi. Vaholanki, imtihonga puxta tayyorlangandim. Nima sababdan imtihondan yiqildim, bilolmayman. Bu voqea menga juda qattiq ta’sir qildi. O‘z iqtidorimga shubha qilib qolgan paytlarim ham bo‘ldi. Biroq onam tushkunlikka tushib qolishimga qo‘ymadilar. Bugun esa ortda qolgan voqealarni xotirlab, har narsaning bir hikmati bor ekan, deyman. Konservatoriyaga qabul qilishmaganidan so‘ng biroz fursat o‘tib, Moskva shahridagi san’at institutida o‘qishga kirish fikri paydo bo‘ldi. Bu safar yanada puxtaroq tayyorlandim.
— Xo‘sh, u yerdagi o‘qitish uslubi sizga ma’qul bo‘lyaptimi?
— Ha. GITISda badiiy rahbarimiz Rossiya xalq artisti Nadejda Babkina. Bu san’atkorning qo‘lida tahsil olayotganim men uchun katta sharaf. Konservatoriyaga o‘qishga kirolmaganimdan qattiq ranjigandim. Bari ortda qolgan bo‘lsa-da, ijodiy imtihondan o‘tolmaganim bejiz emas ekan, deb o‘ylayman. Axir menga atalgani boshqa ekan-da. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”