
2018 yilning 5 aprel kuni Qatardagi opera teatrida boshlangan ud festivalida jahonning 16 mamlakatida 80 nafardan ortiq musiqachilar ishtirok etadi. Festival to‘rt kun davom etishi ma’lum qilingan, deb yozadi O‘MI Matbuot xizmati.
Ushbu festival xalqaro miqyosda ikkinchi marta o‘tkazilayotgani va unda Qatar, Quvayt, Ispaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Yaponiya, Gretsiya, Ummon, Marokash, Suriya va Tunisdan yakkaxon musiqachilar va musiqa guruhlari ishtirok etishi qayd etilgan.
Festival doirasidagi barcha tadbirlar "Forobiy - ikkinchi muallim" shiori ostida o‘tkazilishi aytilgan.
Bundan tashqari, Abu Nasr al-Forobiyning xotirasiga bag‘ishlangan film namoyishi festival ochilish marosimida namoyish etilgan.
Festival doirasida udni yasash sirlari haqida maruzalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar