«Toshkentning yagona fokuschisi» shaharning eng katta kinosaroyida shou taqdim etadi (video)

«Toshkentning yagona fokuschisi» shaharning eng katta kinosaroyida shou taqdim etadi (video)
Taniqli illyuzionist (ko‘zbo‘ylog‘ich) Dmitriy Polyakov 26—27 may va 1—2 iyun kunlari «Sehrli Sharq» nomli shou dasturni taqdim etadi.

Xabar berishlaricha, shou Alisher Navoiy nomli kinosaroy («Panoroma»)da tashkil etiladi. «Dasturda hayratingizga sabab bo‘ladigan, siz hali biror bir sahnada tomosha qilmagan chiqishlar, sahna ko‘rinishlariga boy o‘tishi kutilyapti», — deyiladi xabarda.

«MyDay.uz» nashrining qayd etishicha, Dmitriy Polyakov «ko‘plab loyihalarni tashkil etib, o‘zi ham boshqa loyihalarda qatnashadigan, o‘z sehri bilan istalgan yosh vakilini hayratga sola biladigan» Toshkentning yagona fokuschisidir.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar