Nihol mukofoti sovrindori Umidaxon turmushga chiqyapti. Xonanda so‘nggi paytlarda sevgi-muhabbat, to‘y va oila haqida ketma-ket, ma’no-mazmunga boy rasmlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirayotganidan ham, bu yangilikni taxmin qilish qiyin emas edi, deb yozadi «Darakchi.uz».
Bo‘lajak kuyov ham san’atning odami.
Ko‘p yillar xonanda Manzuraning ma’muri, hozir esa Nilufar Usmonova, Jasur Umirov va yosh ijrochi Sevara bilan hamkorlik qilib kelayotgan Jamshidbek. U shou-biznesda, nafaqat, professional balki, samimiy va chiroyli odobi bilan ham hurmatga sazovor bo‘lgan.
Jamshid va Umidaxon avvaliga do‘stlashib, so‘ng bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Ammo hech kimga sir boy bermagan.
Bugun esa ularning fotihasi bo‘lib o‘tdi.
Hozircha, yoshlar to‘y sanasi haqida aniq gap aytmasa-da, bu hodisa tez kunlarda bo‘lib o‘tishini taxmin qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi