Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan «Shaytanat» seriali 1 maydan boshlab «O‘zbekiston» telekanalida efirga uzatila boshlanishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, serialning efirga uzatilish sanasiga o‘zgartirish kiritilgan. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qildi.
Bugun, 30 aprel kuni serial haqidagi ko‘rsatuv suratga olinadi, efirga ketmaydi. Suratga olishdan so‘ng, ko‘rsatuv sifatida tayyorlanib, 2018 yil 14 may kuni 1 soatlik tok-shou efirga uzatiladi va undan keyin «Shaytanat» serialining namoyishi boshlanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning «Shaytanat» asari o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.
Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan «Shaytanat» seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi