15:32 / 01.05.2018
9 706

Shabnami Surayyo "Boysun bahori"da qo‘shiq kuyladi (video)

Шабнами Сурайё "Бойсун баҳори"да қўшиқ куйлади (видео)
Boysun tumanida o‘tkazilgan "Boysun bahori" folklor festivalida tojikistonlik mashhur xonanda Shambnami Surayyo ishtirok etdi, deb xabar qildi "O‘zbekkonsert" matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Surxondaryo viloyati xokimi Erkinjon Turdimovlar bayram tadbirini ochib bergach, respublikada taniqli san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish qilingan.

Unda O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Mahmud Namozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlari Hosila Raximova, Sayyora Qoziyeva, Anvar Sobirov, Norali Allanazarov, estrada xonandalari Ravshan Namozov, Nargiza Azimova, Qahramon Mo‘minov, Roxila Ro‘zimova hamda "Surxon" guruhi kabi san’atkorlar ishtirok etishgan.

"Bundan tashqari, festival doirasida Tojikiston Respublikasining "Padida" teatr jamoasi va mashhur xonanda Shabnam Surayyo, afg‘onistonlik hofiz-xonandalar Abdumajid va Abdurauf Adlxuiy ishtirokidagi gala konsert san’at ixlosmandlarini xushnud etdi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, xonanda bu haqda o‘zining instgram sahifasida ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shabnami Surayyo "Boysun bahori"da qo‘shiq kuyladi (video)