Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan ikkinchi xalqaro kongress kunlarida Dinlar tarixi davlat muzeyida mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxonga tegishli deb hisoblanayotgan noyob zarbof to‘n namoyish etiladi. Qizil baxmaldan tikilgan ushbu libos qimmatbaho oltin kashtalar bilan bezatilgan.
Muzey rahbarlarining ta’kidlashlaricha, O‘zbekistonga bag‘ishlangan “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi kolleksiyalari avvalo maxsus tadqiqot mavzulari hisoblanadi. Dinlar tarixi davlat muzeyining unchalik katta bo‘lmagan, lekin turli-tuman kolleksiyalari o‘zida antik davrdan to bugungi kungacha bo‘lgan katta davrni aks ettiradi. To‘plamdan Termiz va Samarqanddan topilgan tarixiy manzilgohlar Qoratepa (II – IV asrlar), Afrosiyob va Tali-Barzu (II – IV asrlar)ga tegishli noyob topilmalar, buxoro-yahudiy to‘plamlariga oid qimmatbaho kolleksiyalar va XIX – XX asrlarda O‘zbekiston aholisining turmush tarzini va madaniyatini ifodalovchi namunalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, to‘plamga rossiyalik rassomlarning O‘zbukiston bilan bog‘liq asarlari, hujjatli materiallar, shu jumladan, S. Dudinning etnografik eskizlari, Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon mablag‘lari asosida qurilgan Sankt-Peterburg jome masjidi tarixiga oid buyumlar kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi