
Viloyatlararo gastroldan kelgan Munisa kutilmaganda quvonchlari ketidan qalbida og‘ir tosh bilan qaytganini aytdi:
Munisa Rizayeva: «Uni asrab olmoqchi edimu, ammo… Farzandli bo‘lish katta orzum va farzand asrab olishni o‘ylab yurgandim. Andijonda bo‘lganimda u yerdagi mehribonlik uyida bo‘lgan mana shu qizaloqqa bir ko‘rishdayoq mehrim tushdi. Uni asrab olish istagimni aytganimda, aksiga olib, uning ota-onasi bo‘lganligi va ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo o‘tayotgani uchun vaqtincha ota va onalik huquqidan mahrum qilishgan ekan. Shu qizaloq yodimdan chiqmayapti, ko‘z o‘ngimda qoldi. Shu kuniyoq olib ketmoqchi edim, berishmadi… Hayotimdan bir kunni o‘zidayoq katta joy oldi. Andijonga konsertga his-hayajonga to‘la otlanganimda, u yerdan muxlislar sabab bir olam quvonch bilan qaytish bilan birga, qalbimda armon bilan ham qaytishimni bilmagan ekanman…
Manba: sayyod.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar