
Lola Instagram sahifasida mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida maxsus post qoldirdi. Xonanda sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z yuritib, mamlakatimizda bolalarni bog‘chalarga qamrab olish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Lola endi o‘zi ham ushbu komandada ekanini ta’kidlab, buning uchun Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilariga minnatdorchilik bildirdi.
Xonanda Prezidentning kichik qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan surati ostiga jumladan shunday deb yozdi:
«Katta o‘zgarishlar davrida muhim vazifani ado etayotgan jamoaning bir qismi bo‘lishimga imkon bergani uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga minnatdorchilik bildiraman».


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar