O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 22 iyul kuni Namangan shahrida, 23 iyul kuni Bekobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari qoldirilgan edi. Konsert dasturlarining qoldirilish sabablari haqida Yulduz Usmonovaning prodyuseri Mansur Agaliyev «Daryo» internet nashriga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi:
"Yulduz Usmonovaning butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan gastrol konsert dasturlari a’lo darajada davom etayotgan edi. Ammo Surxondaryo viloyati hamda Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan konsert dasturlari vaqtida havo juda ham isib ketishi natijasida noxush voqealar yuz berdi.
Ayniqsa Farg‘ona viloyatida havoning nihoyatda issiqligi sabab, konsert vaqtida 10 ga yaqin muxlis hushidan ketib qoldi. Shunday ko‘ngilsizliklar takrorlanishining oldini olish maqsadida 22 iyul kuni Namangan shahrida, 23 iyul kuni Bekobod shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertlarni boshqa kunlarga qoldirildi.
Namangan viloyati «Navbahor» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturiga 10 mingdan ortiq bilet sotilgan ekan, ko‘pchilik biletga kuyib qoldim deya noto‘g‘ri tushunchaga bormoqda. Biz qoldirilgan konsert dasturlari o‘rniga 2 sentyabr kuni Namangan viloyati «Navbahor» stadionida, 3 sentyabr kuni Bekobod tumanidagi «Metallurg» stadionida konsert taqdim etamiz. Ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q".
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi