21:30 / 05.08.2018
13 341

«Ummon» guruhi Zohidsiz qoldi (foto)

«Ummon» guruhi Zohidsiz qoldi (foto)
Yoshlarning eng sevimli guruhlaridan biri – «Ummon» tarkibida o‘zgarish ro‘y berdi. Guruh asoschilaridan biri uni tark etdi.

Guruh muxlislari bu xabarga ishonishni xohlamay, xonandalarni ijtimoiy tarmoqlarda savollarga ko‘mib tashladilar. Bu xabarni guruh vakillaridan biri tasdiqladi. «Ummon» guruhining a’zosi Shohruh ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarining birida bu xabarni tasdiqlovchi izoh qoldirgan.

Guruh 2007 yilda tashkil topgan bo‘lib, avvaliga «Jazo» guruhi deb nomlangan, ko‘plab salbiy fikrlardan so‘ng «Ummon»ga o‘zgartirilgan. «Ummon» guruhi ilk marta 2010 yilda «Turkiston» saroyining yozgi maydonida konsert bergan. Guruhning «Qanday unutding», «Aldangan qiz», «Yettinchi qavat», «Do‘st», «Boylik» kabi taronalari xit darajasiga ko‘tarilgan.

Manba: kunutun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Ummon» guruhi Zohidsiz qoldi (foto)