23:50 / 05.08.2018
5 842

«O‘zbekkonsert» to‘ybop qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzishga kirishdi…

«O‘zbekkonsert» to‘ybop qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzishga kirishdi…
Shu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lumot berilgan. Ma’lumotda ko‘rsatilishicha, «O‘zbekkonsert» o‘quvchilarni ham to‘ylarda ijro qilinsa bo‘ladigan qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzishda yaqindan ko‘mak berishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, respublikamizda shu yildan e’tiboran to‘y marosimlarini tartibga tushirish harakatlari boshlangan. Masalan, «O‘zbekkonsert» estrada yulduzlari, mashhur artistlar tarafidan o‘tkaziladigan to‘y marosimlari, yubileylar, osh kabilar uchun aniq narxlarni e’lon qilgan.

Bundan tashqari, senatorlar «To‘y, oilaviy bayramlar, ta’ziya kabilar o‘tkazilishini tartibga solish» haqidagi hujjatni qabul qilishni mo‘ljallashgandi. Bunga ko‘ra, to‘y soat 10:00 dan 23:00 gacha, osh marosimi soat 12:00 dan 15:00 gacha o‘tkazilishi belgilangan. Shu bilan bir qatorda to‘y va boshqa tantanali marosimlarda ishtirok qiluvchilarning maksimal soni ham tayin etilgan. Bunga ko‘ra, to‘y marosimida 150 nafargacha, osh berish marosimida esa 200 nafargacha odam ishtirok etishi mumkin deb hisoblangan.

Lekin negadir bu qonun hujjati qabul qilinmadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbekkonsert» to‘ybop qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzishga kirishdi…