09:01 / 10.09.2018
5 510

Maqom-2018: Viloyatlarning pazandachilik sanʼati namoyish etildi (foto)

Maqom-2018: Viloyatlarning pazandachilik sanʼati namoyish etildi (foto)
Ayni kunlarda Shahrisabz shahrida I Xalqaro Maqom festivali boʻlib oʻtmoqda. Unda turli viloyatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar ham qatnashmoqda. Ular tomonidan berilayotgan konsert dasturlari va turli amaliy koʻrgazmalar mehmonlarni xursand etmoqda.

9 sentyabr, yakshanba kuni Maqom bayrami oʻtayotgan maydonga kechagiga nisbatan uch baravar koʻp mehmon tashrif buyurdi. Aniq raqamlarga tayanadigan boʻlinsa, bugungi tantanalarni tamosha qilish uchun 200 mingdan ziyod kishi tashrif buyurgan. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov KUN.UZʻga bergan maʼlumotida shunday dedi:

“Bayramga nafaqat Qashqadaryodan balki respublikamizning eng uzoq hududlaridan ham mehmonlar tashrif buyurishgan. Ayni paytda juda koʻp mehmonlar maza qilib sayr qilishmoqda. Buni ularning yuz-koʻzidan ham anglasa boʻladi. Festivalda viloyatlardan kelgan mehmonlar oʻzlarining pazandachilik sanʼatini ham namoyish etishmoqda. Bu, ayniqsa, bugun keng koʻlamda namoyon boʻldi. Shahrisabzdagi eski bozor hududida bu chiqish ham kishilarda oʻzgacha taassurot qoldirdi”.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Shahrisabzning tarixiy qismi joylashgan maydon 87 gektar boʻlsa, shundan 51 gektarida festival hududi tashkil etilgan.








arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Maqom-2018: Viloyatlarning pazandachilik sanʼati namoyish etildi (foto)