
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qoʻshiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yigʻilishidan “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yoʻldoshevaning “Sevib adashdim” nomli qoʻshigʻiga ishlangan videoklipi oʻtmagan edi, deb yozmoqda Hordiq.uz.
Kengash Manzura ijro etgan “Sevib adashdim” qoʻshigʻining klipdagi ayrim tasvirlarini toʻgʻrilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatishni rad etgandi.
Manzura ham anoyi emas. Xonanda klipdagi aynan “Oʻzbekkonsert”dagilarga yoqmagan kadrlarni qoʻliga tok qaychini olib qiymaladi, ayb topolmaydigan qilib, qayta kengashga topshirdi. Maʼlum qilishlaricha, klip birinchi koʻrishdayoq maʼqullangan. Efirga berish uchun yashil kartani qoʻlga kiritgan.
Manzura kinoyalarga boy videomurojaat yoʻlladi. Unga koʻra, “Sevib adashdim” nomli qoʻshiqqa ishlangan klip tez kunda respublika telekanallari orqali namoyish etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar